EasySale

Yangiliklar

EasySale yangiliklari va yangilanishlari.

So‘nggi yangilanishv1.0.8 · 8-noyabr, 2026

Noyabr 2026

  1. v1.0.8

    Tarix va umumiy mijozlar

    Administratorlar uchun ikki yangilik:

    • Tarix: kim, qachon, nimani o'zgartirgani ko'rinadi: mahsulot nomi, narx, xodim, mijoz, savdo va boshqalar. Menyuda "Tarix" bo'limi (Pro va Ultra tariflarida)
    • EasySale yordam xizmati muammoni hal qilish uchun kompaniyangizni ochsa, bu ham Tarixda yoziladi
    • umumiy mijozlar: xohlasangiz, mijoz va ta'minotchilar barcha do'konlar uchun bitta bo'ladi: bitta qarz, istalgan do'konda sotish va to'lov qabul qilish

    Umumiy mijozlarni yoqish uchun biz bilan bog'laning.

  2. v1.0.7

    Keshbek bonus

    Endi mijozlaringiz har bir xariddan bonus oladi va uni keyingi xaridda ishlatadi:

    • mijoz to'lagan pulining 2 foizi bonus bo'lib qo'shiladi (nasiyaga olingan qismiga bonus berilmaydi)
    • bonus telefon raqami bo'yicha barcha do'konlaringizda umumiy: bir do'konda yig'ib, boshqasida ishlatsa bo'ladi
    • kassada chekning 50 foizigacha bonus bilan to'lash mumkin
    • chekda qancha bonus ishlatilgani, qo'shilgani va qolgani yoziladi
    • tovar qaytarilsa, bonus ham shunga yarasha qaytariladi
    • mijoz sahifasida bonus tarixi, "Bonuslar" hisobotida barcha mijozlarning bonusi ko'rinadi

    Foiz va chegarani administrator "Kompaniya va obuna" sahifasida o'zi o'zgartiradi. Keshbek Pro va Ultra tariflarida ishlaydi.

  3. v1.0.6

    Yangi tariflar: Lite, Start, Pro, Ultra

    Tariflar yangilandi, endi har bir do'kon o'ziga mosini tanlaydi:

    • Lite: 190 000 so'm, 1 do'kon va 1 foydalanuvchi, o'zi ishlaydigan kichik do'kon uchun
    • Start: 300 000 so'm, 1 do'kon va endi 5 foydalanuvchi (avval 3), foyda hisobotlari va tarozi bilan
    • Pro: 600 000 so'm, 3 do'kon va 10 foydalanuvchi, Tarix va keshbek bonus bilan
    • Ultra: do'konlar va foydalanuvchilar soni kelishiladi

    Shuningdek:

    • qo'shimcha do'kon oyiga 150 000 so'm, qo'shimcha foydalanuvchi oyiga 30 000 so'm
    • 10 oy uchun to'lasangiz, 12 oy foydalanasiz
    • faolsizlantirilgan xodim va do'kon limitga hisoblanmaydi
    • to'lov kechiksa, 3 kun hammasi ishlayveradi, keyin faqat ko'rish rejimi yoqiladi: ma'lumotlar o'chmaydi, kirish va hisobotlar ochiq qoladi, faqat yangi amallar yopiladi

    Mavjud mijozlarimizning tarifi va narxi o'zgarmaydi.

  4. v1.0.5

    Qo'llanma: EasySale'dan to'liq foydalanish

    Ilovaga qo'llanma qo'shildi: menyuda "Qo'llanma" bo'limi.

  5. v1.0.4

    Tarozi bilan ishlash

    Endi etiketka chiqaradigan tarozi bilan ishlash mumkin: go'sht, kolbasa, sabzavot va boshqa tortib sotiladigan tovarlar uchun.

  6. v1.0.3

    Ilova, tezlik va aniqlik

    EasySale'ni ilova sifatida o'rnatish mumkin: telefon va kompyuterda menyudagi "Ilovani o'rnatish" tugmasini bosing. iPhone'da: Ulashish → Bosh ekranga qo'shish.

Oktabr 2026

  1. v1.0.2

    Ko'chirish, xarajatlar, buyurtma

    Bir nechta yangi imkoniyat qo'shildi.

Mart 2026

  1. v1.0.1

    Qidiruv qulayroq

    Savatdagi mahsulot qidiruvi qulayroq bo'ldi.

Fevral 2026

  1. v1.0.0

    Website

    easysale.uz redesigned, in three languages (Uzbek, Russian, English)

  2. v1.0.0

    Yangi EasySale

    EasySale butunlay yangilandi. Endi barcha do'konlaringiz bitta tizimda ishlaydi.