EasySale
Barcha yangiliklar

v1.0.4

Tarozi bilan ishlash

Endi etiketka chiqaradigan tarozi bilan ishlash mumkin: go'sht, kolbasa, sabzavot va boshqa tortib sotiladigan tovarlar uchun.

Qanday ishlaydi:

  1. Mahsulotga PLU raqamini bering (1 dan 99999 gacha), masalan Kolbasa = 123.
  2. Taroziga ham shu PLU raqami bilan mahsulotni kiriting.
  3. Sotuvchi tovarni tortadi, tarozi shtrix-kodli etiketka chiqaradi.
  4. Kassada etiketkani skanerlang: mahsulot etiketkadagi og'irlik bilan qo'shiladi.

Shuningdek:

  • bir xil mahsulotning ikki etiketkasi qo'shiladi (1,250 + 0,750 = 2 kg)
  • inventarizatsiyada etiketka skanerlansa, uning og'irligi qo'shiladi
  • mahsulotni PLU raqami bo'yicha qidirish mumkin

Narx EasySale'dagi do'kon narxidan olinadi. Narxni o'zgartirsangiz, taroziga ham yangilang.