Barcha yangiliklar
v1.0.6
Yangi tariflar: Lite, Start, Pro, Ultra
Tariflar yangilandi, endi har bir do'kon o'ziga mosini tanlaydi:
- Lite: 190 000 so'm, 1 do'kon va 1 foydalanuvchi, o'zi ishlaydigan kichik do'kon uchun
- Start: 300 000 so'm, 1 do'kon va endi 5 foydalanuvchi (avval 3), foyda hisobotlari va tarozi bilan
- Pro: 600 000 so'm, 3 do'kon va 10 foydalanuvchi, Tarix va keshbek bonus bilan
- Ultra: do'konlar va foydalanuvchilar soni kelishiladi
Shuningdek:
- qo'shimcha do'kon oyiga 150 000 so'm, qo'shimcha foydalanuvchi oyiga 30 000 so'm
- 10 oy uchun to'lasangiz, 12 oy foydalanasiz
- faolsizlantirilgan xodim va do'kon limitga hisoblanmaydi
- to'lov kechiksa, 3 kun hammasi ishlayveradi, keyin faqat ko'rish rejimi yoqiladi: ma'lumotlar o'chmaydi, kirish va hisobotlar ochiq qoladi, faqat yangi amallar yopiladi
Mavjud mijozlarimizning tarifi va narxi o'zgarmaydi.