Новости
Новости и обновления EasySale.
Последнее обновлениеv1.0.8 · 8 ноября 2026
Ноябрь 2026
v1.0.8
Tarix va umumiy mijozlar
Administratorlar uchun ikki yangilik:
- Tarix: kim, qachon, nimani o'zgartirgani ko'rinadi: mahsulot nomi, narx, xodim, mijoz, savdo va boshqalar. Menyuda "Tarix" bo'limi (Pro va Ultra tariflarida)
- EasySale yordam xizmati muammoni hal qilish uchun kompaniyangizni ochsa, bu ham Tarixda yoziladi
- umumiy mijozlar: xohlasangiz, mijoz va ta'minotchilar barcha do'konlar uchun bitta bo'ladi: bitta qarz, istalgan do'konda sotish va to'lov qabul qilish
Umumiy mijozlarni yoqish uchun biz bilan bog'laning.
v1.0.7
Keshbek bonus
Endi mijozlaringiz har bir xariddan bonus oladi va uni keyingi xaridda ishlatadi:
- mijoz to'lagan pulining 2 foizi bonus bo'lib qo'shiladi (nasiyaga olingan qismiga bonus berilmaydi)
- bonus telefon raqami bo'yicha barcha do'konlaringizda umumiy: bir do'konda yig'ib, boshqasida ishlatsa bo'ladi
- kassada chekning 50 foizigacha bonus bilan to'lash mumkin
- chekda qancha bonus ishlatilgani, qo'shilgani va qolgani yoziladi
- tovar qaytarilsa, bonus ham shunga yarasha qaytariladi
- mijoz sahifasida bonus tarixi, "Bonuslar" hisobotida barcha mijozlarning bonusi ko'rinadi
Foiz va chegarani administrator "Kompaniya va obuna" sahifasida o'zi o'zgartiradi. Keshbek Pro va Ultra tariflarida ishlaydi.
v1.0.6
Yangi tariflar: Lite, Start, Pro, Ultra
Tariflar yangilandi, endi har bir do'kon o'ziga mosini tanlaydi:
- Lite: 190 000 so'm, 1 do'kon va 1 foydalanuvchi, o'zi ishlaydigan kichik do'kon uchun
- Start: 300 000 so'm, 1 do'kon va endi 5 foydalanuvchi (avval 3), foyda hisobotlari va tarozi bilan
- Pro: 600 000 so'm, 3 do'kon va 10 foydalanuvchi, Tarix va keshbek bonus bilan
- Ultra: do'konlar va foydalanuvchilar soni kelishiladi
Shuningdek:
- qo'shimcha do'kon oyiga 150 000 so'm, qo'shimcha foydalanuvchi oyiga 30 000 so'm
- 10 oy uchun to'lasangiz, 12 oy foydalanasiz
- faolsizlantirilgan xodim va do'kon limitga hisoblanmaydi
- to'lov kechiksa, 3 kun hammasi ishlayveradi, keyin faqat ko'rish rejimi yoqiladi: ma'lumotlar o'chmaydi, kirish va hisobotlar ochiq qoladi, faqat yangi amallar yopiladi
Mavjud mijozlarimizning tarifi va narxi o'zgarmaydi.
v1.0.5
Qo'llanma: EasySale'dan to'liq foydalanish
Ilovaga qo'llanma qo'shildi: menyuda "Qo'llanma" bo'limi.
v1.0.4
Tarozi bilan ishlash
Endi etiketka chiqaradigan tarozi bilan ishlash mumkin: go'sht, kolbasa, sabzavot va boshqa tortib sotiladigan tovarlar uchun.
v1.0.3
Ilova, tezlik va aniqlik
EasySale'ni ilova sifatida o'rnatish mumkin: telefon va kompyuterda menyudagi "Ilovani o'rnatish" tugmasini bosing. iPhone'da: Ulashish → Bosh ekranga qo'shish.
Октябрь 2026
v1.0.2
Ko'chirish, xarajatlar, buyurtma
Bir nechta yangi imkoniyat qo'shildi.
Март 2026
v1.0.1
Qidiruv qulayroq
Savatdagi mahsulot qidiruvi qulayroq bo'ldi.
Февраль 2026
v1.0.0
Website
easysale.uz redesigned, in three languages (Uzbek, Russian, English)
v1.0.0
Yangi EasySale
EasySale butunlay yangilandi. Endi barcha do'konlaringiz bitta tizimda ishlaydi.