Все новости
v1.0.7
Keshbek bonus
Endi mijozlaringiz har bir xariddan bonus oladi va uni keyingi xaridda ishlatadi:
- mijoz to'lagan pulining 2 foizi bonus bo'lib qo'shiladi (nasiyaga olingan qismiga bonus berilmaydi)
- bonus telefon raqami bo'yicha barcha do'konlaringizda umumiy: bir do'konda yig'ib, boshqasida ishlatsa bo'ladi
- kassada chekning 50 foizigacha bonus bilan to'lash mumkin
- chekda qancha bonus ishlatilgani, qo'shilgani va qolgani yoziladi
- tovar qaytarilsa, bonus ham shunga yarasha qaytariladi
- mijoz sahifasida bonus tarixi, "Bonuslar" hisobotida barcha mijozlarning bonusi ko'rinadi
Foiz va chegarani administrator "Kompaniya va obuna" sahifasida o'zi o'zgartiradi. Keshbek Pro va Ultra tariflarida ishlaydi.